Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Klub tasdiqladi: "Barselona"ning muhim futbolchisi operasiya qilindi

Klub tasdiqladi: "Barselona"ning muhim futbolchisi operasiya qilindi

Hujumchi Ferran Torres 14 mayga o‘tar kechasi appendisit tufayli muvaffaqiyatli operasiya qilindi. Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tdi, bu haqda "Barselona" rasmiy sayti xabar bermoqda.

Shubhasiz, Torres yaqin orada mashg‘ulot o‘tkaza olmaydi va o‘ynay olmaydi. Payshanba kuni "Barselona" Ispaniya chempionatida "Espanyol" mehmoni bo‘ladi. Start hushtagi Toshkent vaqti bilan 00:30 da yangraydi.

2024/2025 yilgi mavsumda Ferran Torres 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: Bugun 06:16. O'qildi: 363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!