Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Kitobda 9 yoshli bolani qutqargan FVV xodimi «A’lo xizmatlari uchun» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Kitobda 9 yoshli bolani qutqargan FVV xodimi «A’lo xizmatlari uchun» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida 9 yoshli bolani suvdan qutqarib qolgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi mayor Husniddin Sharapov «A’lo xizmatlari uchun» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Vazirlik matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, mayor Husniddin Sharapov bola cho‘kayotgani haqida o‘g‘lidan eshitib qolgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ishdan qaytib uyiga kirgan paytda katta o‘g‘li yugurib kelib, daryoda bola cho‘kayotganini aytgan. Shundan so‘ng u zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.

Husniddin Sharapov daryo bo‘yiga yetib kelganida ikki bola yordam so‘rab baqirayotganini ko‘rgan. U dastlab velosipedni suvga tashlab, cho‘kayotgan bolaga ilinish imkonini yaratishga uringan. Ammo bola qattiq qo‘rqib qolgani sababli uni ushlay olmagan.

Shundan keyin FVV xodimi o‘zi suvga tushib, bolani qutqarib chiqqan. U bolani yelkasiga chiqarib sohilga olib chiqqanini aytgan.

Qutqaruvdan so‘ng bola uyiga olib borilib, unga birinchi yordam ko‘rsatilgan — issiq suv berilgan, yuvintirilib, adyolga o‘ralgan. Shundan keyin u ota-onasiga topshirilgan.

Qayd etilishicha, mayor Husniddin Sharapovning jasorati va fidoyiligi munosib e’tirof etilib, vazir tomonidan «A’lo xizmatlari uchun» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Kiritildi: Bugun 21:01. O'qildi: 168 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!