Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Kinoaktyor Bred Pittning uyini tunab ketishdi

Kinoaktyor Bred Pittning uyini tunab ketishdi

Los-Anjelesning Los-Felis hududidagi aktyor Bred Pittga tegishli uy tunab ketildi.

BBC News nashrining yozishicha, Los-Anjeles polisiyasi bergan xabarga ko‘ra, 25 iyun kuni yarim tunda 3 kishidan iborat o‘g‘rila guruhi dereza orqali uyga kirishgan. Jinoyatchilar voqea joyidan yashirinishga ulgurgan. Hozircha uydan nimalar o‘g‘irlangani aytilmayapti.

O‘z navbatida, hozircha polisiya idorasi uy aktyorga tegishli ekanini rasman tasdiqlamagan, biroq uy manzili Bred Pitt 2023 yilda sotib olgan uyning manzili bilan bir xil.

O‘g‘rilik sodir bo‘lgan kechada aktyor uyida bo‘lmagan. U Buyuk Britaniyada o‘tkazilayotgan o‘zi rol o‘ynagan «Formula-1» filmi prmyerasida bo‘lgan.

Pittning uyi «Hollywood» yozuvi ishlangan Griffit bo-i yaiinida joylashgan.

Kiritildi: 16:54 28.06.2025. O'qildi: 376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!