Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Kimlar qachon va qanday qon tahlillari topshirishi kerak?

Kimlar qachon va qanday qon tahlillari topshirishi kerak?

Qon – inson organizmidagi eng muhim suyuq to‘qima bo‘lib, uning asosiy qismini kichik qon tanachalari tashkil etadi.

🤧 Aynan ushbu elementlarning soni, shakli va funksiyasiga ko‘ra, tanadagi turli yallig‘lanishlar, anemiya, onkologik kasalliklar, immun tizimi va tromboz kabi patologik o‘zgarishlar haqida barvaqt ma’lumot olish mumkin.

💬 — Qon tahlillari topshirish – har bir inson uchun o‘z salomatligini baholash va nazorat qilishda muhim jarayon hisoblanadi, — deydi Toshkent shahar tibbiy maslahat diagnostika markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Orifjon Aripov.

🔎 — Jumladan, bunday tekshiruv usullari yuqumli va surunkali kasalliklar, infeksiyalar (masalan, viruslar yoki bakteriyalar), diabet, gepatit hamda OIV kabi xavfli xastaliklarni erta bosqichda aniqlash imkonini beradi.

🩺 Buyrak, jigar, yurak va qalqonsimon bez kabi a’zolar faoliyatini tekshirish, temir, B12, D kabi vitamin hamda boshqa muhim moddalar miqdorini bilish ham aynan ushbu tahlillar yordamida qulay amalga oshiriladi. Qolaversa, bunday tekshiruvlar orqali qon bosimi, qand miqdori va xolesterinni nazorat qilish, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini erta aniqlash hamda ularning oldini olish mumkin.

💊 Shuningdek, laborator qon tahlillari dori vositalari samaradorligini baholash va ularning organizmga ta’sirini kuzatishda ham juda muhim.

👩‍⚕️ Shu bois shifokor ko‘rsatmasi bilan birlamchi tibbiyot muassasalari orqali qon tahlillari topshirish zarur. Bunda Sog‘liqni saqlash vazirligining davolash protokollari asosidagi laborator tekshiruvlar tavsiya etiladi.

📌 Jumladan:

🔢Sog‘lom insonlar (profilaktika maqsadida):

✅ Yilda 1 marta quyidagi asosiy qon tekshiruvlaridan o‘tishi kerak:

➡️ umumiy qon tahlili (UQT – umumiy qon tahlili);
➡️ qon bioximiyasi (jigar, buyrak, qand, xolesterin va h.k.);
➡️ qonda qand miqdori (glyukoza);
➡️ xolesterin va lipid profili;
➡️ qonda temir miqdori va gemoglobin;
➡️ D va B12 vitamini (agar simptomlar bo‘lsa).

🔢Surunkali kasalligi bor insonlar (masalan, diabet, gipertoniya, yurak xastaliklari):

✅ Yilda 2 – 4 marta yoki shifokor tavsiyasiga ko‘ra, qon tahlillari topshirishi lozim.

🔢Homilador ayollar:

🤰Homiladorlik davrida tahlillar shifokor tavsiyasi bilan har 3 oyda kamida 1 marta, ba’zan har oyda topshiriladi.

🔢Yoshi katta insonlar (50 yoshdan yuqori):

✅ Yilda 1–2 marta to‘liq laborator tekshiruvlardan o‘tishi kerak. Sababi insonning yoshi ulg‘aygani sari xavf omillari ham ortib boradi.

🔢Alohida simptomlar paydo bo‘lsa:

✅ Quyidagi holatlarda darhol qon tahlillari topshirish tavsiya etiladi:

➡️ charchoq, ko‘ngil aynishi, to‘satdan ozib ketish;
➡️ teri oqarishi yoki sarg‘ayishi;
➡️ ishtaha yo‘qolishi;
➡️ harorat ko‘tarilishi;
➡️ notekis yurak urishi yoki nafas qisishi.

Kiritildi: 12:07 23.05.2025. O'qildi: 794 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!