Bugun 8 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Kim Chen In qizi bilan daraxt ekdi

Kim Chen In qizi bilan daraxt ekdi

Kim Chen In KXDR askarlari sharafiga qurilayotgan muzey hududida qizi Kim Ju E bilan daraxt ekdi

Muzey "chet elda halok bo‘lgan" Shimoliy Koreya askarlarining jangovar jasoratlariga bag‘ishlangan yodgorlik sifatida qurilmoqda.

Muzey Kursk viloyatini ozod qilishda ishtirok etgan Shimoliy Koreya harbiylariga bag‘ishlangan.

Tashrif chog‘ida Kim Chen In qurilish jarayoni bilan tanishdi va daraxt ekishda ishtirok etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur muzey "davr yodgorligi"ga aylanishi, shuningdek, qahramonlarga bo‘lgan hurmatni aks ettirishi kerak. Shimoliy Koreya yetakchisi, shuningdek, qurilish ishlarini puxta yakunlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Kiritildi: 22:17 06.01.2026. O'qildi: 777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!