Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Kim Chen In nimadan xursand?

Kim Chen In nimadan xursand?

Koreya Markaziy telegraf agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, 24 avgust kuni Pxenyanning yangi raketa uchirish qurilmasi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In yaqinda ishlab chiqarilgan juda katta raketa uchirish qurilmasi test-sinovlarida qatnashgan. Sinovlar yangi tizim ko‘zda tutilgan barcha taktik va texnologik talablarga mos kelganini ko‘rsatdi, deyiladi xabarda.

Janubiy Koreya manbalariga ko‘ra, shimoliy qo‘shni Yapon dengizi tomon uchirgan raketa qariyb 380 kilometrgacha yetib borgan. Yaponiya mudofaa vazirligi bu snaryadlar ballistik raketalar toifasiga kirishini ma’lum qildi. Harbiylar bu raketa sinovlari Yaponiya xavfsizligi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf tug‘dirmasligini aytishgan.

Kiritildi: 20:30 25.08.2019. O'qildi: 2961 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!