Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Kim Chen In asir tushmaslik uchun o‘z joniga qasd qilgan askarlarni "qahramon" deb atadi

Kim Chen In asir tushmaslik uchun o‘z joniga qasd qilgan askarlarni "qahramon" deb atadi

​KXDR yetakchisi Kim Chen In Rossiyaning Kursk viloyatida Ukraina kuchlariga qarshi jangda asirga tushmaslik uchun o‘z joniga qasd qilgan askarlarini olqishlab, ularni "qahramon" deya ta’rifladi.

Pxenyan Rossiya tomonida urushish uchun 14 mingga yaqin harbiy yuborgan bo‘lib, G‘arb va Ukraina manbalari ularning 6 ming nafari halok bo‘lganini aytyapti. Razvedka ma’lumotlari va qochib o‘tganlarning ko‘rsatmalariga ko‘ra, shimoliy koreyalik askarlar asir tushmaslik uchun o‘zlarini portlatish yoki boshqa yo‘llar bilan hayotiga nuqta qo‘yish usulini tanlashgan.

​Kim Chen In halok bo‘lganlar xotirasiga o‘rnatilgan yodgorlik ochilishida so‘zlagan nutqida ilk bor bu qurbonliklarni tilga oldi va sharafni himoya qilish uchun "o‘zini yo‘q qilish" yo‘lini tanlaganlarni vatanparvarlar deb atadi. Uning fikricha, hatto jang maydonida omon qolgan, ammo o‘z burchini to‘liq bajara olmaganidan iztirob chekkanlar ham partiyaning sodiq jangchilari hisoblanadi.

Janubiy Koreyaning razvedka ma’lumotlarga ko‘ra, KXDR buning evaziga Rossiyadan iqtisodiy ko‘mak va harbiy texnologiyalar bo‘yicha yordam olayotgani qayd etilyapti.

Kiritildi: Bugun 10:15. O'qildi: 387 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!