Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Kiyevda “yil o‘g‘irligi” sodir bo‘ldi

A A A
Kiyevda “yil o‘g‘irligi” sodir bo‘ldi

Kiyev viloyatida bir o‘g‘ri hodisa chog‘ida uxlab qoldi. Buni mutaxassislar yil o‘g‘riligi deb e’tirof etishmoqda.

Kiyev viloyatining Brovari shahrida istiqomat qiluvchi bir o‘g‘ri yigit o‘zining sobiq ishxonasiga kirib, kompyuter texnikalarini o‘g‘rilamoqchi bo‘lganida holdan toyib, uxlab qoldi.

"Qorovul bizga bir yigit kompyuter texnikalarini o‘g‘rilamoqchi bo‘layotganini bildirdi. Polisiya patrul mashinasi bir necha daqiqada yetib keldi va u yerda bamaylixotir uxlab yotgan erkakni topdi. O‘g‘ri 27 yoshli mahalliy fuqaro bo‘lib chiqdi", ― deydi polisiya.

Huquqni himoya qilish vakillari jinoyatchini tekshirib ko‘rishganida uning qonida amfetamin borligi ma’lum bo‘ldi.

hronika. info

Kiritildi: 08:27 19.05.2018. O'qildi: 1529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik