Bugun 10 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Kiyevda maktab o‘quvchilarining uchdan ikki qismi ukrain tilini bilmaydi

Kiyevda maktab o‘quvchilarining uchdan ikki qismi ukrain tilini bilmaydi

Kiyevdagi maktab o‘quvchilarining qariyb 66 foizi darsda ukrain tilini bilmaydi, 82 foizi esa tanaffus vaqtida davlat tilidan foydalanmaydi. Bu haqda Strana nashri xabar bermoqda.

"Kiyev maktablarida ukrain tilidan foydalanish kamaygan. Maktab o‘quvchilarining 66 foizi dars vaqtida davlat tilini bilmasligini, 82 foizi esa tanaffusda foydalanmasligini tan oldi", - deyiladi nashrda.

Qayd etilishicha, maktab o‘quvchilarining atigi 18 foizi dars vaqtida faqat ukrain tilida gaplashadi. Ayni paytda o‘qituvchilarning deyarli to‘rtdan biri (24 foizi) darsda, 40 foizi esa tanaffus vaqtida rus tilidan foydalanadi.

Avvalroq, 6 noyabr kuni Ukraina Ta’lim sifati bo‘yicha davlat xizmati markaziy mintaqalararo boshqarmasi boshlig‘i Svitlana Babines ukrainalik maktab o‘quvchilarining 40 foizi darsdan tashqari sinfdoshlari bilan rus tilida muloqot qilishini ma’lum qilgandi. U, shuningdek, ukrain tilini ona tili deb biladigan talabalar soni 71 foizdan 64 foizga kamayganini qayd etdi.

Kiritildi: Bugun 11:03. O'qildi: 941 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!