Kiyev Vashington bilan foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuv matni yuzasidan maslahatlashuvlarni boshladi — Ukraina TIV rahbari.
Andrey Sibiga 1 aprel kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida AQSh tomonidan 28 mart kuni foydali qazilmalar bo‘yicha yangi kelishuv matni olinganini tasdiqladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hujjat bo‘yicha Qo‘shma Shtatlar bilan allaqachon birinchi bosqich maslahatlashuvlar o‘tkazilgan.
"Bizda bunday turdagi hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha o‘z qonunchiligimiz bor. Shu sababli, zarur bo‘lgan ichki jarayonlarni boshlash uchun tegishli tartib-taomillar amalga oshirildi", — deya izoh berdi Ukraina Tashqi ishlar vaziri.