Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Kiyev Pekinga javob qaytardi

A A A
Kiyev Pekinga javob qaytardi

Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixayl Podolyak Xitoyga “Ukraina inqirozi” yo‘qligini eslatib, mamlakat rasmiylarini “harbiy jinoyatlar uchun yumshoq sinonimlarni qidirmaslikka” chaqirdi.

“Urg‘ularni yana bir bor tuzatish kerak. "Ukraina inqirozi" yo‘q. 2014 yilda Rossiya tomonidan boshlangan urush bor. Qrim va sharqiy viloyatlarning bir qismi Rossiyaga qo‘shilmadi, balki bosib olindi. Ukrainaliklar evakuasiya qilinmaydi, balki o‘ldiriladi yoki Rossiyaga deportasiya qilinadi. Urush jinoyatlari uchun yumshoq sinonimlarni izlashning hojati yo‘q”, deb yozdi u tvitterda.

Avvalroq, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi o‘z hisobotlarida "Ukraina inqirozi" atamasini qo‘llagan edi.

Kiritildi: 03:54 28.03.2023. O'qildi: 5506 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!