Ukraina prezidenti maslahatchisi Dmitriy Litvin AQSh prezidentining maxsus vakili Kit Kellog tomonidan ilgari surilgan, joriy yil oxirigacha Ukrainada saylovlar o‘tkazish bo‘yicha chaqiruviga qarshi chiqdi.
"Agar uning rejasi faqatgina o‘t ochishni to‘xtatish va saylov o‘tkazishdan iborat bo‘lsa, bu muvaffaqiyatsiz reja. Putinni faqat shu ikki narsa bilan qo‘rqitib bo‘lmaydi. Rossiyada harbiy sanoat majmuasining kengaytirilishi demokratik qo‘shnilarni hurmat qilish uchun amalga oshirilmayapti", — deya ta’kidladi Zelenskiyning maslahatchici.
Litvinga ko‘ra, Rossiya va KXDR o‘rtasidagi ittifoq ham o‘t ochishni to‘xtatish tamoyiliga hurmat bilan bog‘liq emas.
"Shu sababli, biz asosiy hamkorlarimiz rasmiylaridan masalaga yanada chuqurroq yondashuvni ko‘rishni kutib bo‘lardik", – deya qo‘shimcha qildi Litvin.