Afsonaviy portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning o‘g‘li — kichik Krishtianu Ronaldu kuni kecha Madridning «Real» akademiyasi bilan mashg‘ulot o‘tkazdi. Bu haqda New York Times jurnalistlari xabar bermoqda.
Yaqin kelajakda 15 yoshli Krishtianu «qirollik klubi»ning yoshlar jamoasiga qo‘shilishi mumkin. Hozirda kichik Ronaldu «An-Nasr» akademiyasida shug‘ullanmoqda, ushbu klubning asosiy jamoasida uning otasi to‘p suradi.
Katta Krishtianu 2023 yilning yanvaridan beri Saudiya jamoasida o‘ynab kelmoqda. 41 yoshli hujumchi va «An-Nasr» o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.