Ichki ishlar vazirligining Kiberxavfsizlik markazi Telegram orqali tarqalayotgan ko‘plab viruslardan ogohlantirdi.
Qayd qilinishicha, firibgarlar akkauntni egallab olish maqsadida turli xil ko‘rinishlarda zararli havola va fayllarni tarqatmoqda.
Kiberxavfsizlik markazi firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun ikki bosqichli autentifikasiyani o‘rnatish, SMS-xabarda kelgan raqamlarni hech kimga aytmaslik, Telegram sozlamasidagi «Qurilmalar» bo‘limida «Faol seanslar»ni tekshirib, notanish qurilmalar faoliyatini to‘xtatishni tavsiya etmoqda.