«Manchester Yunayted» va «Tottenhem» Yevropa Ligasi finaliga chiqqach, yo‘llanmalar soni aniq bo‘ldi. Ma’lumki, Yevropa Ligasi g‘olibi kelasi mavsum Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladi.
Joriy mavsumda APLda Chempionlar Ligasiga 1-o‘rindan 5-o‘ringacha joy olgan jamoalar yo‘l oladi. Ammo «qizil iblislar» ham, «taqachilar» ham birinchi beshlikka kira olmaydi. Shu sababli Angliyadan kelasi mavsum Chempionlar Ligasida 6 ta klub qatnashadi.