Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Keyingi bekat — "Real". Pochettino PSJdan shartnomani tezroq bekor qilishni so‘radi

A A A
Keyingi bekat — "Real". Pochettino PSJdan shartnomani tezroq bekor qilishni so‘radi

"Pari Sen-Jermen" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino klubdan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni so‘radi, deya xabar beradi "Goal".

Manbaning xabariga ko‘ra, argentinalik mutaxassis klubdagi ichki jarayonlardan norozi. Pochettinoga "Real" va uning sobiq jamoasi Londonning "Tottenxem" klublari da’vogar. Argentinalik mutaxassis Madrid klubini boshqarmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, 49 yoshli Pochettino 2021 yilning yanvarida PSJni boshqarishni boshlagan va klub bilan Fransiya kubogi va Superkubogini yutgan.

Kiritildi: 23:18 30.05.2021. O'qildi: 4197 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!