Bugun 18 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Keniyada muxolifat yetakchisi bilan vidolashuv marosimida ikki kishi halok bo‘ldi

Keniyada muxolifat yetakchisi bilan vidolashuv marosimida ikki kishi halok bo‘ldi

Nayrobida Keniya xavfsizlik kuchlari muxolifat yetakchisi Raila Odinga dafn marosimi bo‘lib o‘tayotgan stadionda olomonni tarqatishga urinib, havoga o‘t ochdi.

Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Minglab Odinga tarafdorlari erta tongdan ko‘chalarga chiqqani xabar qilingan. Katta olomon Nayrobi sport arenasi darvozasini buzib kirib, askarlar ogohlantiruvchi o‘q uzishga majbur bo‘lganida tartibsizlik boshlandi. KTN News va Citizen TV telekanallarining xabar berishicha, stadionda ikki kishi halok bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, havoga o‘q uzgach, polisiya minglab yig‘uvchilarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan va tez orada stadion bo‘shab ketgan.

Keniyada uzoq yillik siyosatchi, sobiq siyosiy mahbus va prezidentlikka besh karra nomzod bo‘lgan Raila Odinga chorshanba kuni davolanayotgan Hindistonda 80 yoshida vafot etdi.

Kiritildi: 09:00 17.10.2025. O'qildi: 530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!