Kelgusi o‘quv yilidan boshlab tibbiyot oliygohlarida pediatriya va davolash yo‘nalishlari birlashtirilib, umumiy tibbiyot fakulteti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, oilaviy shifokorlik yo‘nalishida rezidentura va magistratura dasturlari ham tashkil etiladi.
Rezidenturada tahsil olayotgan talabalar bepul o‘qish bilan birga oilaviy shifokor sifatida ishlab, maosh oladi.
Bitiruvchilar esa oilaviy shifokorlik bo‘yicha tor soha diplomi hamda 150% ustama olish huquqiga ega bo‘ladi.
Bu islohotlar maqsadi – sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlashdir.