Bugun 15 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Kelesda bojxonachilar tarkibida zararli modda bo‘lgan ozdiruvchi mahsulotlarni fosh qildi

Kelesda bojxonachilar tarkibida zararli modda bo‘lgan ozdiruvchi mahsulotlarni fosh qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda ozdirishga xizmat qiluvchi turli paketchali choy va qahvalar, kapsulalar targ‘ibotiga tez-tez ko‘zimiz tushadi.

Ayniqsa, taniqli va mashhur shaxslar ko‘magida bu kabi mahsulotlar go‘yoki zararsiz ekanligi tinimsiz targ‘ib qilinadi.

Aslida-chi?

Aslida ushbu mahsulotlar tarkibida semizlikni davolashda qo‘llaniladigan "sibutramin" moddasi kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lib, uning yurak-qon tomir va asab tizimiga jiddiy nojo‘ya ta’sirlari va xavflari mavjud.

Shu sababli dunyoning ko‘plab davlatlarida mazkur modda muomalasi cheklangan. Jumladan, O‘zbekistonda ham joriy yilning 6 yanvaridan e’tiboran "sibutramin" kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, uning hattoki yarim grammi ham jinoiy harakatni tasniflashda ko‘p miqdor deb hisoblanadi.

Ammo, shunga qaramasdan bu turdagi mahsulotlarni respublikamizga olib kirishga bo‘lgan urinishlar hamon ko‘zga tashlanmoqda.

Yaqinda Bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Keles” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti, boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi hamda Markaziy bojxona laboratoriyasi xodimlari tarkibida sibutramin kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan yirik miqdordagi choy va qahvalarni olib kirishga bo‘lgan urinishni fosh qilishdi.

Poytaxtimizdagi mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan tovarlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida tovarlar orasidagi 4 xil turda qadoqlangan, og‘irligi esa 1 tonna 313 kg.dan ziyod bo‘lgan ozdiruvchi choy va qahvalar, kapsulalar bojxona xodimlarining diqqatini tortdi hamda ekspertizadan o‘tkazish uchun Markaziy bojxona laboratoriyasiga taqdim qilindi.

Markaziy bojxona laboratoriyasida olib borilgan ekspertiza tahlillaridan so‘ng mazkur choy va qahvalar, kapsulalar tarkibida “sibutramin” moddasi mavjudligi aniqlandi.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Paketchali qahva va choy, kapsula ko‘rinishida 1,3 tonna zararli mahsulotning o‘z vaqtida to‘xtatib qolinishi aslida minglab ayollarimizning salomatligi asrab qolinganini anglatadi!

Eslatib o‘tamiz, respublikamiz bojxonachilari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida aniqlangan 140 ta bojxona qonunbuzilishi holatlarida 1 mln donadan ziyod kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy olib o‘tilishi va ichki hududdagi aylanmasiga o‘z vaqtida chek qo‘yildi.

Kiritildi: 21:35 13.08.2025. O'qildi: 483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!