Iyun oyining oxirida O‘zbekiston aholisi ketma-ket kamida uch kun, ko‘pi bilan besh kun dam oladi.
Prezidentning 20 apreldagi qaroriga binoan, ish haftasi turidan qat’i nazar, 30 iyun (juma) barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni deb e’lon qilindi. Bundan tashqari, 6 kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan ishchilar uchun 1 iyul (shanba) qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.
▪️ Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib, O‘zbekiston aholisi Qurbon hayitida ketma-ket kamida uch kun dam oladi, degan xulosaga kelish mumkin (hujjatga ko‘ra):
➖ 30 iyun (juma) - ish haftasi turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
➖ 1 iyul (shanba) - 6 kunlik ish haftasi bo‘lgan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
➖ 2 iyul (yakshanba) - taqvim bo‘yicha dam olish kuni.
Ammo Qurbon hayiti 29 iyun (payshanba) kuni nishonlanadigan bo‘lsa, o‘zbekistonliklar to‘rt kun, agar 28 iyun kuni nishonlansa - ketma-ket besh kun dam olishadi.
Aniq sana bayramga yaqin belgilanadi. Qonunchilikka ko‘ra, bayram kuni bir kunga kechiktirilishi mumkin.