Braziliyalik xavbek Kazemironing "Manchester Yunayted"da maoshi oshirilishi mumkin. Mirror tabloidining xabar berishicha, agar "qizil iblislar" mavsum yakunlariga ko‘ra Chempionlar ligasiga chiqsa, yarim himoyachining maoshi oshadi.
Nufuzli turnirga yo‘llanma olgan taqdirda Kazemironing maoshi 100 mingga oshadi. Shunday qilib, uning haftalik maoshi 500 ming funtni tashkil etadi. E’tiborlisi, xuddi shu maoshni portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu "Old Trafford"ga qaytgan vaqtida olgan edi.
"Manchester Yunayted" Chempionlar Ligasiga chiqish uchun Yevropa Ligasida g‘alaba qozonishi kerak. 1/2 finalning dastlabki bahsida Ruben Amorim jamoasi "Atletik"ni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etdi.