"Manchester Yunayted" tayanch yarim himoyachisi Kazemiro faoliyatini MLS va Saudiya Arabistonida davom ettirishning foydali variantlariga qaramay, "qizil iblislar"ni tark etishni rejalashtirmayapti.
The Sun jurnalistlari xabariga ko‘ra, braziliyalik xavbek faoliyatini mankunianliklar safida yakunlashni rejalashtirmoqda. Qayd etilishicha, Kazemironing qaroriga Ruben Amorim katta ta’sir ko‘rsatgan. Portugaliyalik mutaxassis braziliyalikni jamoaning asosiy futbolchilaridan biri deb hisoblamoqda.
Kazemiro 2022 yilning avgustidan beri "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2026 yilning yozida tugaydi. Uning bozor qiymati 12 million yevroga baholanmoqda.