Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kaya Kallas inson huquqlarini buzgani uchun Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etishni taklif qildi

Kaya Kallas inson huquqlarini buzgani uchun Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etishni taklif qildi

Bild nashrining manbalariga tayanib xabar berishicha, Kaya Kallas inson huquqlarining buzilishi holatlari yuzasidan hisobot tayyorlagan, Isroil esa ushbu hisobotni "bir tomonlama harakat"ning namunasi deb atamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun Bryusselda bo‘lib o‘tadigan Yevroittifoq tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvida Yevropa bosh diplomati Isroil bilan 2000 yilda tuzilgan Hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvni to‘xtatib turish, ushbu mamlakatga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar joriy etish yoki boj imtiyozlarini bekor qilish masalalarini muhokamaga qo‘yishi mumkin.

Evroparlament deputati Hildegard Bentele Kaya Kallasning pozisiyasini "Isroil uchun og‘ir pallada orqadan berilgan zarba" deb atadi.

Kiritildi: 20:55 23.06.2025. O'qildi: 777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!