«Boka Xuniors»ning urugvaylik hujumchisi Edinson Kavani Xudo tomonidan berilgan iqtidor sohiblarini sanab o‘tdi.
«To‘g‘risini aytsam, men o‘zimni futbol dahosi deb hisoblamayman. Futbol tarixidagi daholar — Messi, Neymar, Ronaldinio va Maradona kabi insonlardir.
Men tirishqoq futbolchiman va doimo o‘z ustimda ishlayman», — deydi «Boka Xuniors» hujumchisi ESPN'ga bergan intervyusida.