Istanbuldagi muzokaralarda Ukraina delegasiyasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Vladimir Zelenskiy bilan ehtimoliy uchrashuvi masalasini ko‘tarmoqchi.
Bu haqda Reuters yozmoqda.
"Ukraina delegasiyasi Zelenskiy va Putin o‘rtasidagi ehtimoliy uchrashuvni Istanbulda Rossiya jamoasi bilan muzokaralar chog‘ida muhokama qiladi," - deyiladi xabarda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuvni muhokama qilish tashabbusi Kiyevdan chiqqan.