Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Katta to‘qnashuv sari?! AQSh Panama kanalini egallab olmoqchi

Katta to‘qnashuv sari?! AQSh Panama kanalini egallab olmoqchi

Oq uy Pentagondan Panama kanali ustidan nazoratni ta’minlash uchun ishonchli harbiy rejalarni so‘radi.

Bu haqda NBC News, CNN va Reuters manbalariga tayanib xabar bermoqda.

NBC News ma’lumotlariga ko‘ra, potensial variantlar orasida Panama bilan harbiy hamkorlikni kengaytirishdan tortib, AQSh harbiylarining Panama kanalini kuch bilan egallashi kabi ehtimoli kam ssenariylar bor.

Pentagon rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, kuch ishlatish Panamaning mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga qay darajada rozi bo‘lishiga bog‘liq. Amaldorlar AQShning Panamaga bostirib kirishining ehtimoli kam deya baholashgan.

NBC News suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, Tramp ma’muriyati Xitoyning ta’sirini kamaytirish maqsadida AQShning Panamadagi harbiy ishtirokini kuchaytirmoqchi.

Kiritildi: 20:04 14.03.2025. O'qildi: 817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!