"Al-Hilol" Karlo Anchelottini bosh murabbiy etib tayinlamoqchi.
"Real" murabbiyi Braziliya terma jamoasida xuddi shunday lavozimga tayinlanishga yaqin edi, biroq kelishuv barbod bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, endi italiyalik Saudiya Arabistonidan yiliga 50 mln yevrolik taklifni ko‘rib chiqmoqda.
Relevo xabariga ko‘ra, 65 yoshli mutaxassisga bunday taklifni "Al-Hilol" bergan.
Shu bilan birga, Anchelotti bilan muzokaralar barbod bo‘lgach, Braziliya terma jamoasida hozirda Saudiya Arabistoni klubini boshqarayotgan Jorje Jezushni tayinlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.