Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klub prezidenti Florentino Peres bilan hech qanday muammoga duch kelmayapti.
Yaqinda ispan OAVlarida tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, "qirollik" klubi rahbari italiyalikning iyun oyida Braziliya terma jamoasiga o‘tishini ma’qullamagan.
Anchelottining "Real" bilan shartnomasi faqat kelasi yilda tugaydi va "qaymoqranglilar" rahbariyati mutaxassisga klublar o‘rtasidagi jahon chempionati oldidan ketgan taqdirda tovon puli to‘lash niyatida emas.
Marca xabariga ko‘ra, hozirgi vaziyatga qaramay, murabbiy Peres bilan hech qanday ziddiyatga ega emas, ular o‘rtasida to‘liq o‘zaro tushunish mavjud. Ayni damda ikkalasi ham bor e’tiborlarini Ispaniya chempionatining uchrashuvlariga qaratishgan.