"Real"ning italiyalik ustozi Karlo Anchelotti Madrid klubidagi kelajagi haqida qachon gapirishini ma’lum qildi.
"Braziliya terma jamoasi haqida ko‘p gapirilyaptimi? Bu holatni tushuntirib bera olaman. Klubga, muxlislarga, futbolchilarimga juda bog‘lanib qolganman. Ularga hurmatim baland. Kelajagim haqida 25 may kuni, chempionatning so‘nggi turidan keyin ma’lum qilaman," - deya Anchelottining so‘zlarini keltiradi AS.