Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Karlo Anchelotti Ispaniyada 1 yilga qamaldi

Karlo Anchelotti Ispaniyada 1 yilga qamaldi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2014 yilda sodir etilgan soliq to‘lash bo‘yicha qonunbuzarlik tufayli Ispaniyada bir yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda davlat axborot agentligi xabar berdi.

Shuningdek, italiyalik mutaxassis 386 ming yevro miqdorida jarimaga tortilgan. Ayblovga ko‘ra, Anchelotti “Real Madrid”da ishlagan davrida ba’zi daromadlari ortidan soliqlarni to‘liq to‘lamagan. Murabbiy o‘zini aybsiz deb hisoblab, harakatlarini moliyaviy maslahatchilar va klub vakillari tavsiyalariga ko‘ra amalga oshirganini aytgan.

Qayd etilishicha, avvalroq Anchelottiga 2015 yilgi soliq buzilishi bilan bog‘liq epizod bo‘yicha oqlov hukmi chiqarilgan. Ammo 2014 yilgi vaziyat bo‘yicha muammolarni hal eta olmadi.

Shuni ta’kidlash kerakki, Ispaniya qonunchiligiga ko‘ra, ikki yildan kam muddatli jazolar odatda shartli hukm shaklida tayinlanadi. Bu degani, Anchelotti katta ehtimol bilan qamoqqa olinmaydi. Ammo u Ispaniyaga kelgan vaqti ba’zi muammolarga duch kelishi mumkinligi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Anchelotti 2021 yilda ikkinchi bor “Real”ga bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Uning qo‘l ostida madridliklar La Liga, Ispaniya Kubogi va Superkubogini, 3 marta UYEFA Chempionlar Ligasi va Superkubogini, shuningdek, 2 bor Klub o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘alaba qozongan.

Kiritildi: 23:49 09.07.2025. O'qildi: 1193 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!