Bu haqda Reuters xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, konsullikni qo‘riqlagan AQSh dengiz piyoda askarlari binoga bostirib kirishga uringan guruhga nisbatan o‘q uzgan. Hozircha o‘q otishda faqat amerikalik harbiylar ishtirok etgani yoki boshqa qo‘riqlash tuzilmalari ham jalb qilingani aniq emas.
Shuningdek, halok bo‘lganlarning o‘limiga aynan qaysi tomon javob berishi ham ma’lum qilinmagan.
Eron oliy rahbari Ali Homanaiyning vafoti ortidan Pokistonda Amerikaga qarshi ommaviy namoyishlar boshlangan. 2 mart kuni mamlakat hukumati ommaviy yig‘ilishlarni vaqtincha taqiqladi. Prezident Asif Ali Zardari Homanaiyning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi.