Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

“Kann – 2018”: Festivalning eng qimmat libosi

A A A
“Kann – 2018”:  Festivalning eng qimmat libosi

30 yoshli zamonaviy hamda mashhur blogger Kamila Koelo hashamatli libosi bilan Kann festivalining haqiqiy qirolichasiga aylandi. G‘arb ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Kamila Kann festivalida eng qimmat libosni kiygan ishtirokchi bo‘ldi.

Britaniyaning “Ralph & Russo” moda uyi dizaynerlari tomonidan ko‘p qatlamli shoyi hamda baxmal matolaridan tayyorlangan libos barchani hayratda qoldirdi deb xabar berdi “harpersbazaar.com”ga tayanib “segodnya.ua”.

1_4287

Bir million dollar qiymatidagi bu libosni yaratish uchun 500 soatlik qo‘l mehnati talab qilingan. Blogger xonim ko‘rinishini qora tufli va “Messika” olmoslari qadalgan taqinchoqlar bilan yanada boyitdi va o‘zgacha uslubni ommaga namoyish qildi.

Kiritildi: 07:47 15.05.2018. O'qildi: 1675 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik