Bugun 5 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Kanar orollariga yetib borishga uringan 80 dan ortiq afrikalik muhojir halok bo‘lgan

Kanar orollariga yetib borishga uringan 80 dan ortiq afrikalik muhojir halok bo‘lgan

Gambiyadan Kanar orollariga qayiqda yetib borishga uringan 80 dan ortiq muhojir halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qayiq avgust oyi boshida G‘arbiy Afrikadan yo‘lga chiqqan va Atlantika okeanida 27 kun davomida suzgan. U Gran-Kanariya oroli sohilidan, Arginegin shahrining janubi-g‘arbiy tomonidan taxminan 120 kilometr uzoqlikda aniqlangan.

Inson huquqlari himoyachilari ma’lumotiga ko‘ra, qayiqda jami 127 kishi bo‘lgan. Ularning 83 nafari halok bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Qutqaruvchilar 44 nafar tirik qolgan muhojirni hamda qayiqda qolgan besh nafar marhumning jasadini aniqlagan. Kuchli shamol va baland to‘lqinlar tufayli qolgan jasadlarni olib chiqish imkoni bo‘lmagan.

Qutqaruvchilarning ma’lum qilishicha, tirik qolganlarning barchasi Afrika davlatlaridan kelgan erkaklar bo‘lgan. Og‘ir ahvoldagi uch nafar muhojir vertolyotda kasalxonaga yetkazilgan, qolganlari esa 3 sentyabr kuni ertalab qayiqdan tushirilgan.

G‘arbiy Afrikadan Kanar orollarigacha bo‘lgan Atlantika yo‘li dunyodagi eng xavfli migrasiya yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Kuchli to‘lqinlar, okean oqimlari va uzoq masofaga qaramay, har yili minglab muhojirlar ushbu yo‘l orqali Ispaniyaga yetib borishga harakat qiladi.

Kiritildi: 17:24 04.09.2026. O'qildi: 398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!