Kanadaning yangi bosh vaziri Mark Karni juma kuni ertalab hukumat a’zolari bilan birga qasamyod qabul qiladiyu
Bu haqida BBC xabar berdi.
9 mart kuni bo‘lib o‘tgan saylovlar natijalariga ko‘ra, u Kanada Liberal partiyasi a’zolarining qariyb 86% ovozini to‘pladi.
12 mart kuni Karni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan yangi savdo kelishuvini tuzish uchun muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi, deb yozmoqda AFP.
"Xokkeyda bo‘lgani kabi, cavdoda ham Kanada g‘alaba qozonadi!", —deya ta’kidladi Mark Karni saylovda g‘alaba qozonganidan keyingi nutqida.