Bugun 1 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Kanadadagi yong‘inlar 17 million gektar o‘rmonni yo‘q qildi

Kanadadagi yong‘inlar 17 million gektar o‘rmonni yo‘q qildi

Kanadada avj olgan o‘rmon yong‘inlari natijasida deyarli 17 million gektar o‘rmon maydoni kuyib ketdi. Bu haqda mamlakat Tabiiy resurslar vazirligi va O‘rmon yong‘inlariga qarshi kurash bo‘yicha markaz (CIFFC) ma’lum qildi.

Hozirgi paytda Kanada bo‘ylab taxminan 740 ta yong‘in qayd etilgan. Eng ko‘p jabr ko‘rgan hududlar — Britaniya Kolumbiyasi, Saskachevan, Alberta, Ontario va Shimoliy-G‘arbiy hududlar.

Manitoba provinsiyasida kamida 15 ming kishi evakuasiya qilindi.

Kuchli yong‘inlar oqibatida havo sifati keskin yomonlashdi. Hozirda 11 ta shtatda aholiga havo ifloslangani haqida ogohlantirish berilgan.

Kiritildi: 19:08 07.08.2025. O'qildi: 554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!