Uchrashuv Kanada sharqidagi Charlevoix shahrida bo‘lib o‘tadi. Katta savol: AQSh Davlat kotibi Marko Rubio guruhning do‘sti yoki raqibi sifatida harakat qiladimi? New York Times gazetasining yozishicha, Rubio G7 diplomatlarini Ukrainadagi urushni tugatishga e’tibor qaratishga ishontirmoqchi.
📌 G7ga AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Franwiya, Italiya va Yaponiya kiradi.
AQSh va uning guruhdagi hamkorlari uchun yana bir muammoli masala Vashington tomonidan Kanada va boshqa mamlakatlarga qarshi boshlangan savdo urushidir. So‘nggi haftalarda Tramp Kanadani “AQShning 51-shtati” deb qayta-qayta tilga oldi va Kanadaga qarshi tariflar joriy etilishini o‘zining ekspansionistik ritorikasi bilan bog‘ladi. Avvaliga hurmasiz hazil sifatida ko‘rilgan narsa tobora jiddiy tus olmoqda, ko‘plab kanadaliklar Tramp boshqaruvidagi AQSh chinakamiga anneksiya qilishga intilayotganidan qo‘rqishadi.