Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Kanadada hijobli qizning karate mashg‘ulotlaridan chetlatilishi yuzasidan sud jarayoni boshlandi

A A A
Kanadada hijobli qizning karate mashg‘ulotlaridan chetlatilishi yuzasidan sud jarayoni boshlandi

Kanadada Kvebek Inson huquqlari komissiyasi ro‘mol o‘rash bahonasida karate mashg‘ulotlaridan chetlashtirilgan 12 yoshli qiz bilan bog‘liq voqea yuzasidan sudga murojaat qildi.

CTV News telekanali xabariga ko‘ra, komissiya oila adolatsizlik va izolyasiyani boshdan kechirganini his qilgan va bu holat ularning 12 yoshli farzandiga salbiy ta’siridan xavotir bildirgan.

Bundan tashqari, komissiya qizning oilasiga yetkazilgan nohaqlik uchun 13 ming dollar miqdorida tovon undirishni talab qilgan.

Avvalroq Karate Auto Defense Lamarre murabbiyi qizga ro‘molini yechmasa, mashg‘ulotlarga qatnasha olmasligini aytgan edi, chunki uning so‘zlariga ko‘ra, karate falsafasi hamma bir xil forma kiyishni talab qiladi.

Ayni vaqtda Karate Canada federasiyasi Kanada karate federasiyasi ushbu sport turida ro‘mol o‘rash taqiqlanmaganini ta’kidlab, turnirda ro‘mol o‘ragan sportchi suratini e’lon qildi. «Jahon karate federasiyasi musobaqalarda ro‘moldan foydalanish mumkinligini tasdiqlaydi», — deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 20:05 13.07.2024. O'qildi: 1305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!