Kanada Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi, sanksiyalar ro‘yxatiga yana 14 nafar jismoniy va 34 nafar yuridik shaxsni qo‘shdi. Bu haqda Kanada hukumati sayti xabar bermoqda.
Xususan, Tatariston Respublikasi rahbari Rustam Minnixonov, uning rafiqasi Gulsina Minnixonova va shtat kotibi – Rossiya Federasiyasi mudofaa vaziri o‘rinbosari Nikolay Pankov sanksiyalar ostida qolgan.
Sanksiyalar "Volga-Dnepr" kompaniyalar guruhi, "Konkord Menedjment i Konsalting" MCHJga ham tegishli.