Bugun 3 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Kanada kasaba uyushmalari Isroilga qurol yetkazib berishga qarshi chiqdi

Kanada kasaba uyushmalari Isroilga qurol yetkazib berishga qarshi chiqdi



Kanadaning 3 millionga yaqin ishchi manfaatlarini himoya qiluvchi eng yirik kasaba uyushmalari birlashmasi — Kanada mehnat kongressi (CLC) Isroilga yuboriladigan qurol-yarog‘ va harbiy texnikalarni yuklash, tushirish hamda tashishdan bosh tortishga chaqiruvchi qaror qabul qildi.

28 oktyabr kuni qabul qilingan qaror Falastin ishchilari va ularning oilalari bilan birdamlik ramzi sifatida e’lon qilindi. Tashkilot Kanada hukumatidan Isroilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va vositachilar orqali amalga oshirilayotgan barcha harbiy eksportni to‘xtatishni talab qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023–2025 yillarda Kanadadan Isroilga 44 million dollardan ortiq harbiy mahsulot eksport qilingan.

Avvalroq Kanada kasaba uyushmalari Isroilning «Gistadrut» kasaba uyushmalari federasiyasi bilan hamkorlikni ham to‘xtatgan edi.

Kiritildi: 18:28 02.11.2026. O'qildi: 268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!