Donald Tramp Kanadaning 51-shtat sifatida AQSh tarkibiga kirishi zarurligi haqida bayonot berdi.
"Men Kanadani yaxshi ko‘raman. To‘g‘risini aytganda, Kanada 51-shtat bo‘lishi kerak. Haqiqatan ham shunday bo‘lishi kerak, chunki Kanada butunlay Qo‘shma Shtatlarga qaram. Biz Kanadaga qaram emasmiz," - dedi u Fox News telekanali efirida.
Oq uy rahbarining ta’kidlashicha, AQSh va Kanada o‘rtasidagi savdo muzokaralari Kanada rasmiylari "muayyan soliqlarni bekor qilmaguncha" qayta tiklanmaydi.
Avvalroq Tramp Vashington Kanada hukumati Amerika texnologiya kompaniyalariga raqamli soliq joriy etishga qaror qilganidan so‘ng Ottava bilan savdo masalalari bo‘yicha barcha aloqalarni to‘xtatayotganini ma’lum qilgan edi.