Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Kanada bosh vaziri: “Salomaleykum! Ramazon muborak!”

A A A
Kanada bosh vaziri: “Salomaleykum! Ramazon muborak!”

Kanadada Ro‘zai Ramazon oyining ilk kunidanoq barcha masjidlarda ilk taroveh namozi bo‘ldi va bosh vazir Jastin Tryudo butun musulmonlarni Ramazon bilan qutladi:

“Ramazon duolar va ma’naviyat vaqti, marhamat va shukrona, mardlik zamoni. Ramazon Tangri bergan ne’matlarga shukronalik uchun fursat, boshqalarga xayr-sadaqa ulashmoq, yaxshilik va ezguliklarga undaydigan muqaddas oy. O‘lkamizdagi musulmonlarning Kanada uchun nimalar qilganini yaxshi bilamiz va minnatdormiz. Men, rafiqam Sofiya va oilam qutlug‘ Ramazon oyi bilan dunyodagi barcha musulmonlarni muborakbod etamiz. Ro‘zangiz qabul bo‘lsin”.

Eslatib o‘tamiz, Jastin Tryudo tabrigini sof arab tilida “Salomaleykum” deya boshlab, oxirida “Ramazon muborak!” deya yakunladi.

Bundan tashqari, Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Aleksandr Boris de Preffel Jonson ham butundunyo musulmonlarini muborak oy bilan qutladi:

“Yurtimizdagi va butun dunyodagi barcha musulmonlarni xayrli Ramazon bilan muborakbod etaman. Ramazon alohida marhamat, mehr-shafqat, yordam va shukronalik demakdir. Aynan ushbu tuyg‘ular bizlarni birlashtiradi. Musulmonlar Britaniya uchun qilgan qahramonliklarini alohida qistirib o‘tishni istayman. Ramazon hammamizga muborak bo‘lsin”.

 

Kiritildi: 04:18 17.05.2018. O'qildi: 1460 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik