Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Kanada bosh vaziri mamlakatda muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini e’lon qildi

 Kanada bosh vaziri mamlakatda muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini e’lon qildi

Kanada bosh vaziri Mark Karni 28 aprelda mamlakatda muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini e’lon qildi.
Bir haftadan sal ko‘proq vaqt oldin Kanada bosh vaziri etib saylangan Karni "xalqning kuchli mandatiga erishishni” istashini aytdi.

"Kanadaning xavfsizligini ta’minlash uchun ko‘proq ish qilishimiz lozim", — dedi vazir AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan boshlangan savdo urushi va uning anneksiya tahdidlarini nazarda tutib.

Kanadada navbatdagi saylovlar joriy yilning 20 oktyabridan kechiktirmay bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq bosh vazir saylovlarni ertaroq e’lon qilish huquqiga ega. Ko‘pchilik Mark Karni bosh vazir lavozimini egallaganidan ko‘p o‘tmay shunday qilishini kutgan edi.

Hukmron Liberal partiya 2015 yildan beri hokimiyatda va shuncha yil davomida o‘z mashhurligining katta qismini yo‘qotdi. Biroq, Trampning siyosati Kanada jamiyatida vatanparvarlik darajasining keskin oshishiga sabab bo‘ldi.

Kiritildi: 23:25 23.03.2025. O'qildi: 708 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!