Sabab sifatida Donald Trampning Kanada haqidagi ishg‘olchi ritorikasi va uni “51-shtat”ga aylantirish haqidagi bayonotlari keltirilmoqda. Kanada hukumatining noroziligiga qaramay, Tramp bu g‘oyani takrorlamoqda.
Shuningdek, Trampning tashqi siyosati, jumladan savdo jarimalari, Grenlandiyani sotib olish istagi va harbiy tahdidlar, Kanadada xavotir uyg‘otgan.
❗ Qo‘shni Meksikada ham 68% so‘ralganlar AQShni asosiy tahdid deb hisoblaydi.
Shu bilan birga, kanadaliklarning yarmidan ko‘p qismi AQShni asosiy ittifoqchi deb bilishda davom etmoqda — bu munosabatlar ikkilamchi xarakterga ega ekanini ko‘rsatadi.
Evropada asosiy tahdid sifatida hali ham Rossiya ko‘rilayotgan bo‘lsa,
Polshada — 81%,
Shvesiyada — 77% rossiyani xavf deb hisoblaydi.
AQShga eng sodiq davlatlar:
Isroil (95%),
Janubiy Koreya (89%),
Yaponiya (78%).
📊 So‘rovnoma 25 mamlakatda 28 mingdan ortiq odam o‘rtasida o‘tkazilgan.