Bugun 12 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Kanada AQShga javob tariflarini joriy qiladi

Kanada AQShga javob tariflarini joriy qiladi

Kanada AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan yangi tariflarga javob bojlarini joriy qilmoqchi.

Bu haqda Kanada bosh vaziri Mark Karni jurnalistlarga ma’lum qildi.

"Biz bu tariflarga qarshi choralar bilan kurashamiz. Biz ishchilarimizni himoya qilamiz va har qanday G7 davlatining eng kuchli iqtisodiyotini quramiz", - dedi Karni.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Kanadaga "iqtisodiyotning farmasevtika, yog‘och va yarimo‘tkazgichlar kabi strategik tarmoqlari"ga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa tariflarni ham joriy qilishi mumkinligiga ishora qilgan.

Kiritildi: 10:15 03.04.2025. O'qildi: 586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!