Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Kanada AQShga elektr energiyasiga 25 foizlik tarif joriy etishdan bosh tortdi

Kanada AQShga elektr energiyasiga 25 foizlik tarif joriy etishdan bosh tortdi

Ontario bosh vaziri Dag Ford prezident Donald Trampning Kanada po‘lat va alyuminiyiga bojlarni 50 foizga oshirish haqidagi tahdidiga javoban AQShda elektr energiyasi narxiga 25 foizlik qo‘shimcha to‘lovni bekor qilishga rozi bo‘ldi, deb xabar beradi NBC News.

Ford payshanba kuni Savdo vaziri Govard Lyutnik bilan uchrashishini va Trampning 2 aprelgacha joriy qilgan "o‘zaro tariflarning so‘ngi muddatigacha" AQSH, Meksika va Kanada o‘rtasidagi erkin savdoni muhokama qilishini e’lon qildi.

“Ontario Michigan, Nyu-York va Minnesotaga elektr energiyasi eksportiga 25 foizlik qo‘shimcha to‘lovni bekor qilishga rozi bo‘ldi”, – dedi Dag Ford.

Bu e’lon Tramp Savdo vaziriga Kanadadan po‘lat va alyuminiy importiga 50 foizgacha bo‘lgan qo‘shimcha bojlar joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berganinidan keyin e’lon qilindi.

Tramp, shuningdek, Kanada Amerika sut mahsulotlariga 250% dan 390% gacha bo‘lgan anti-Amerika fermer xo‘jaliklari tariflarini darhol bekor qilishi kerakligini yozgan.

“Agar Kanada uzoq vaqtdan beri mavjud bo‘lgan boshqa tariflarni olib tashlamasa, men 2 aprel kuni AQSh avtomobillari importiga bojlarni sezilarli darajada oshirib, Kanada avtomobil ishlab chiqarishini to‘xtataman. Bu mashinalarni AQShda bemalol yasash mumkin!” – deya tahdid qildi Tramp.

Amerika prezidenti shimoliy qo‘shnini harbiy himoya qilish masalalarini ham unutmadi.

“Biz Kanadaga yiliga 200 milliard dollardan ortiq subsidiya beramiz. Nega? Bu jarayon davom etmaydi. Kanada bizning sevimli 51-davlatimiz bo‘lishi – mantiqiy yagona narsa”, – dedi u.

Kiritildi: 10:40 13.03.2025. O'qildi: 1137 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!