Bu haqda AR xabar berdi.
Kanada hukumati loyihani amalga oshirish uchun "ThyssenKrupp Marine Systems" (TKMS) kompaniyasini asosiy yetkazib beruvchi sifatida belgiladi. Germaniyalik ishlab chiqaruvchi tenderda Janubiy Koreyaning "Hanwha Ocean" kompaniyasini ortda qoldirdi.
Bosh vazir Mark Karnining so‘zlariga ko‘ra, ushbu loyiha mamlakat tarixidagi eng yirik harbiy xaridga aylanadi. Shartnoma qiymati oshkor qilinmayapti, biroq hukumat rahbari gap "o‘n milliardlab dollarlik" investisiyalar haqida ketayotganini ta’kidladi.
TKMS kompaniyasi bergan bayonotda qayd etilishicha, ularning dizel-elektr suvosti kemalari qurolli kuchlarning o‘zaro muvofiqligini mustahkamlaydi, chunki xuddi shunday modellardan NATO bo‘yicha bir qator ittifoqchilar allaqachon foydalanib kelmoqda. Germaniya kansleri Fridrix Mers Kanadaning ushbu qarorini transatlantik sheriklik uchun "kuchli signal" deb atadi.