Bugun 19 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Kamol Advon kasalxonasi xodimi Isroil hujumi bo‘lgan «dahshatli» tunni tasvirlab berdi

Kamol Advon kasalxonasi xodimi Isroil hujumi bo‘lgan «dahshatli» tunni tasvirlab berdi

Kamol Advon kasalxonasining hamshiralik bo‘limi rahbari Iyd Sabba G‘azoning shimolidagi muassasada kechgan tunni «dahshatga to‘la» deb ta’rifladi. Isroil buldozerlari oldinga siljigan va kvadrokopter dronlar tibbiyot majmuasi hamda atrofdagi binolarga o‘q uzgan.

«Ular kasalxona yaqinidagi Batta oilasining uyini nishonga olishdi. Kasalxonaga 15 ta jasad, jumladan, Batta oilasidan olti kishi keltirildi,» - dedi Sabba «Al-Jazira» telekanali muxbiriga.

«Ko‘plab odamlar yaralangan, ko‘pchiligi hamon vayronalar ostida qolib ketgan.»

Sabba isroilliklarning kasalxona reanimasiya bo‘limiga qilgan hujumi xonalarni qora chang bilan to‘ldirganini aytdi. Xodimlar sun’iy nafas olish apparatlariga ulangan to‘rt bemorni evakuasiya qilishga majbur bo‘lishgan. Markazlashtirilgan kislorod ta’minoti yo‘q bo‘lib, qolgan bir nechta kislorod ballonlari ham tugash arafasida ekan.

U yana qo‘shimcha qilishicha, kasalxonada 74 nafar yarador bemor bor va ular resurslar yetishmasligi sababli «juda ibtidoiy usulda» davolanmoqda.

Kiritildi: 23:15 18.12.2024. O'qildi: 290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!