Kamerunning iqtisodiy poytaxti Duala shahrida 12 oktyabrda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodi Bakari Issa Chiromani tan olishni talab qilib, muxolifat uyushtirgan namoyishda kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Chiromaning saylovoldi shtabiga tayanib, Reuters xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, namoyish vaqtida otishma yangragan. Namoyish paytida qurbonlar haqida rasmiy ma’lumotlar yo‘q.
Bir kun oldin Chiroma 26 oktyabr kuni mamlakatning barcha shaharlarida o‘zini qo‘llab-quvvatlash uchun namoyishlar o‘tkazishga chaqirdi. "Barcha yirik shahar chorrahalarida tinch yurishlar tashkil qiling", — deya uning murojaatidan parchalarni keltirgan Actu Cameroun axborot portali.
Shu bilan birga, so‘nggi soatlarda Kamerun ijtimoiy tarmoqlarida Chiroma mamlakatni tark etgani haqida xabarlar tarqaldi. Muxolifat yetakchisi buni inkor etib, "g‘alabali namoyish"ga tayyorlanayotganini aytdi.