Kamchatka viloyatida 75 yoshli mahalliy fuqaro qotillik sodir etganlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u ishchi sifatida chaqirgan Qirg‘izistonlik fuqaroga nisbatan zo‘ravonlik ishlatgan.
Hodisa joyidan marhumning jasadi topilgan, gumonlanuvchi esa hibsga olingan va aybini tan olgan. Tergovchilar hozircha voqeaning barcha tafsilotlarini o‘rganmoqda.