Engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Islam Maxachev yakuniy qarorga keldi.
Keyingi jangida Islam yarimo‘rta vazn toifasi chempionligi uchun oktagonga chiqish imkoniyatin qo‘lga kiritgan taqdirda ham yengil vazndagi UFC kamaridan voz kechmaydi.
"Shanba oqshomidagi jang keyingi qadamimni aniqlab beradi. Lekin jang qanday natija bilan yakunlanmasin, men yengil vazndagi chempionlik kamarimdan voz kechmayman. Balki, u yerda haqiqiy da’vogar paydo bo‘lar", – deya o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan Maxachev.
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi yarimo‘rta vazn chempionlik kamari uchun jang qilishi mumkin. Faqat buning uchun UFC 315 turnirining asosiy jangida avstraliyalik Jek Della Maddalena falastinlik Belal Muhammadni mag‘lub etishi kerak. Belal g‘alaba qozonsa, Islam yarimo‘rta vazn chempionligi uchun bo‘lgan fikridan qaytadi va yengil vazndagi o‘z kamarini himoya qiladi. Bu haqda Monrealda o‘tgan matbuot anjumanida Liga rahbari Dana Uayt xabar berdi.
Islam Maxachevning qo‘shimcha qilishicha, 28 iyun kuni Las-Vegasda o‘tkaziladigan Iliya Topuriya va Charlz Oliveyra o‘rtasidagi jang da’vogarlik maqomida bo‘ladi. Ushbu jang g‘olibi Maxachevning keyingi raqibi nomini aniqlab beradi.